Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev boshchiligidagi sektor rahbarlari tuman markazidan 35 kilometr uzoqlikdagi Imon ota mahallasida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va chet tillariga o‘qitish borasida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishildi.
O`quvchi yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarni egallashi, kelgusida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.