Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida mas’ul vakillar biriktirilgan.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasida ichki ko‘cha yo‘llarini loyiha asosida asfaltlash jarayoni deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Hududda og‘ir maxsus yo‘l texnikalari (asfalt yotqizgich va zichlagich g‘altaklar) jalb qilingan holda yo‘l qoplamasini sifatli yotqizish ishlari jadal olib borilmoqda.

O‘rganish davomida deputat M.Xujanov va mas’ullar joyida ishchilar va yo‘l sohasining mutaxassislari bilan muloqot qilib, asfalt qoplamasining qalinligi, zichligi va standartlarga mosligini ko‘zdan kechirishdi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallaning ichki yo‘llari ravon va zamonaviy ko‘rinishga keltirilmoqda.

Deputatlik nazorati natijasida yo‘l qurilishi ishlarini belgilangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Aholi farovonligi va hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 6