Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI

Sardoba tumanida aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida Otayurt va Birlik mahallalarida ommaviy sayyor qabul, “Sayyor xizmatlar kuni” hamda saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Sardoba tumani hokimi deputati Ziyodulla Karimov, tuman prokurori Ravshanbek Norbayev, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

Muloqot davomida mahalla aholisining ijtimoiy masalalar, bandlik, yer va kadastr, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir masala mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, amaldagi tartib va qonunchilik doirasida zarur tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy chora ko‘rishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi va davlat organlari o‘rtasidagi bevosita aloqani yana-da mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga samarali yechim topishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7