Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#162_qonun
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
🏛 MEHNATOBOD MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Mehnatobod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi
PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

📊 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4