Новости

Последние новости

#munosabat

🔰#munosabat

🔰O‘zbekiston va AQSH hamkorligi yangi bosqich sari

🔺AQSH Prezidenti Donald Trampning O‘zbekistonga tashrif buyurish istagi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi. Bunday tashrif ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratishi mumkin.
🔺Bugun O‘zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosati orqali xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. AQSH bilan o‘zaro manfaatli aloqalarning yanada mustahkamlanishi esa yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
🔺Eng muhimi, bunday muloqotlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash bilan birga, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Rohila Boorova ,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt