Новости

Последние новости

🧵 Imtiyozli kredit – bandlik va daromad manbai

🧵 Imtiyozli kredit – bandlik va daromad manbai

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hojiyeva tomonidan “Tinchlik” mahallasida yashovchi, Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqaroni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy yordam ko‘rsatildi.
➡️Fuqaroga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan zamonaviy tikuv mashinasi olib berildi. Mazkur ko‘mak orqali uning uy sharoitida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi, o‘z daromadini shakllantirishi va oilaviy farovonligini oshirishi uchun imkoniyat yaratildi.
➡️Bunday amaliy tashabbuslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish va kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
➡️O‘rganishlar va amaliy ko‘maklar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt