Новости

Последние новости

янв.21
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida
янв.21
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
🏛 SESSIYA OLDIDAN D213 AVTOMOBIL YO‘LIDAGI HARAKAT XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi Kotibiyat mudiri U. Kuryazov va viloyat Kengashi bosh mutaxassisi U. Egamov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan masalalarni puxta o‘rganish maqsadida sessiya oldidan joyiga chiqqan holda Xonqa tumanidagi D213 avtomobil yo‘lining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 8 oyi davomida D213 avtomobil yo‘lining 17–20-kilometrlari oralig‘ida yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘lgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan Madir aholi yashash joyidan chiqish qismidan Durgadik mahallasiga kirish joyigacha bo‘lgan D213 avtomobil yo‘lining 16–20-kilometrlari oralig‘ida harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish natijasida mazkur yo‘l qismida transport vositalarining harakat tezligini 100 km/soatdan 70 km/soatgacha pasaytirish bo‘yicha Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga takliflar kiritilgani ma’lum qilindi.
Sessiya oldidan o‘tkazilgan mazkur o‘rganish yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va aholi hayoti hamda xavfsizligini muhofaza qilishga qaratilgan takliflarni ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4