Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Qoramozor” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida maktabda mavjud futbol va basketbol maydonlari, shuningdek, sport zalining holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur sport inshootlarining o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya darslari, sport to‘garaklari va turli musobaqalarni tashkil etishda foydalanilayotgani o‘rganildi.

🔵Shuningdek, maktabda mavjud sport anjomlarining holati va ularning o‘quvchilar ehtiyojini qoplash darajasi tahlil qilindi. O‘rganish natijasida sportning asosiy turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlar mavjudligi bilan bir qatorda, yengil gimnastika sporti bilan shug‘ullanish uchun ayrim sport anjomlari yetishmasligi aniqlandi.

🔵Deputat tomonidan mazkur kamchilikni bartaraf etish, yengil gimnastika mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uchun zarur sport anjomlariga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va ularni bosqichma-bosqich xarid qilish masalasiga e’tibor qaratildi.

🔵O‘quvchilarning sportga qiziqishini oshirish, ularning qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqqan holda sport to‘garaklariga jalb etish, jismoniy tarbiya darslari va maktab miqyosidagi sport musobaqalarini samarali tashkil etish bo‘yicha ham tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6