Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI

MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI

“Yoshlar kuni” doirasida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi A. Kamalov ishtirokida “Zarafshon” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda 20 nafardan ziyod yoshlarning ta’lim, tibbiyot, bandlik, kasb-hunarga yo‘naltirish, to‘lov-kontraktlarini qoplash hamda boshqa dolzarb masalalardagi muammo va takliflari tinglandi.

Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarni qiynayotgan masalalarni ijobiy hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-406-son hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi.

Slide 1 of 6