Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
27-maktabdagi qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan navbatdagi o‘rganishlar davomida hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida pudratchi tashkilot tomonidan ayrim ishlarning to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi aniqlandi. Xususan, maktab hududidagi bolalar maydonchasini jihozlash, hojatxonani nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus moslamalar bilan ta’minlash, shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini yakunlash masalalari ko‘tarildi.

Mazkur masalalarni ijobiy hal etish, qurilish va ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida yakunlash hamda o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish, maktab infratuzilmasini yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4