Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“Olmazor tajribasi” asosidagi loyiha doirasida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Olmazor tajribasi” asosida Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosi doirasida “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

️O‘rganish davomida mazkur kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning bajarilish holati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.

Xususan, dastur doirasida A.T.Xuqandiy mavzesini 24/7 xizmat ko‘rsatish hududiga aylantirish loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaxshilash masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududning mavjud holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l va piyodalar infratuzilmasi, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini rivojlantirish imkoniyatlari hamda aholi uchun qulay xizmat ko‘rsatish muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish o‘rinlarini yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda zamonaviy shahar muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3