Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tashabbusi bilan Qo‘qon shahridagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faxriylar va o‘quvchilar ishtirokida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ilm olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, kasb-hunarga ega bo‘lish hamda kelajakda tanlagan kasbining haqiqiy mohir ustasi bo‘lib yetishish masalalari haqida suhbatlashildi.

Tadbirda faxriylar o‘zlarining hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga vaqtni qadrlash, muntazam izlanish va o‘z ustida ishlash muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, har bir yosh o‘z qiziqishi va qobiliyatiga mos kasb tanlashi, tanlagan sohasini chuqur o‘rganishi hamda kelajakda ushbu kasbning yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun astoydil harakat qilishi lozimligi qayd etildi.

Bunday uchrashuvlar yosh avlodni hayotiy tajribaga ega insonlar bilan yaqindan muloqot qilishga, ulardan ibrat olishga va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4