#deputat_faoliyati
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova hamda Kengash kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Pochchoyi” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
➡️Muloqot davomida mahalla aholisi tomonidan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, bandlik va aholini qiynab kelayotgan boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
➡️Fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, muammolarni amaliy hal etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
➡️Bunday ochiq muloqotlar aholining murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va hududni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
➡️Aholi bilan bevosita muloqot va muammolarni joyida o‘rganish ishlari davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt