Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🏥 Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Boybuloq” mahallasi hududida joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 80-sonli oilaviy poliklinikaning Seplon filialida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, mavjud ish sharoitlari, shuningdek, sohaga oid taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi.

💬 Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda tibbiyot xodimlari faoliyati uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

📚 Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari savolnoma asosida o‘rganildi.

📝 Savolnoma jarayonida qonunning mazmun-mohiyati, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari, tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari hamda tibbiyot xodimlarining qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari yuzasidan xodimlarning xabardorlik darajasi o‘rganib chiqildi.

🔹 Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya etish, bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, tibbiy yordamning sifati va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Savolnoma natijalari asosida tibbiyot xodimlarining amaldagi qonunchilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berish hamda huquqiy xabardorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 2