Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Yangi Hayot ko‘chasidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash masalasi muhokama qilindi

Yangi Hayot ko‘chasidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash masalasi muhokama qilindi

🗺 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati S.Gapparova tomonidan fuqarolar murojaatiga asosan Yangi Hayot ko‘chasidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash masalasi yuzasidan qabul qilingan Kengash qarorining mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirildi.

📄 Jumladan, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil 18-martdagi VII-19-29-6-91-K/26-sonli qaroriga muvofiq, Namangan shahrida ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli dastur tasdiqlangani haqida fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi.

🔍 Suhbat davomida mazkur qaror asosida:
✔️ ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;
✔️ moliyalashtirish ishlari tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida yo‘lga qo‘yilishi;
✔️ yo‘llarning holatini baholash, monitoring va nazorat ishlari muntazam olib borilishi ta’kidlandi.

🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga doir taklif va mulohazalar ham o‘rganildi.

✨ Bunday tushuntirish ishlari joylardagi muammolarni tizimli hal etish, ochiqlikni ta’minlash hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 7