Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
“Ariqoshgan” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi”ning 6-yo‘nalishi — mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Jumladan, mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy faollikni oshirish va turli muammoli holatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1