Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 79-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

 24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 79-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🏫 Mazkur yo‘nalishda Bahor MFY hududida joylashgan 79-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning kotel qurilmalari o‘tgan yili yangidan o‘rnatilgani aniqlandi. Shuningdek, isitish tizimiga mo‘ljallangan quvurlar olib kelingan bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi.
⚠️ Mazkur holat maktabning kuz-qish mavsumiga to‘liq va sifatli tayyorgarlik ko‘rishiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli mavjud quvurlarni o‘rnatish va isitish tizimini to‘liq ishga tushirish masalasiga alohida e’tibor qaratish zarur.
📌 Aniqlangan kamchiliklar sessiyaoldi o‘rganishlari doirasida nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!

Slide 1 of 2