Новости

Последние новости

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 42-SONLI DAVLAT BOG‘CHASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 42-SONLI DAVLAT BOG‘CHASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🏫 Mazkur yo‘nalishda Beshnayman MFY hududida joylashgan 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holat o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tashkilot xonalarini isitishda muammo mavjudligi aniqlandi. Mavjud pechlar yonayotgan bo‘lsa-da, xonalar yetarli darajada isimasligi kuzatildi.
⛏️ Tashkilotga kuz-qish mavsumida foydalanish uchun 22 tonna ko‘mir yoqilg‘isi keltirilgani, shuningdek, ko‘mir saqlanadigan joyning usti shifer bilan yopilganligi ko‘zdan kechirildi.
⚠️ Asosiy e’tibor isitish tizimining samaradorligini oshirish, xonalarda zarur haroratni ta’minlash va mavjud muammoni bartaraf etishga qaratildi.
📌 Aniqlangan holat sessiyaoldi o‘rganishlari doirasida nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi bo‘yicha takliflar shakllantiriladi. 

Slide 1 of 2