Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Yoshlar uchun yangi kasblar — yangi imkoniyatlar


👨‍🎓 Yoshlar uchun yangi kasblar — yangi imkoniyatlar

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va ularni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi bir yilda 1 ming nafar, ikki yilda esa yana 5 ming nafar yoshni IT va logistika sohalariga jalb etish vazifasi belgilandi.

O‘zXDP tuman Kengashi raisi va partiya guruhi rahbari, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbaevich:

💬 “Bugungi kunda yoshlar uchun eng katta imkoniyatlardan biri — zamonaviy kasb egallab, o‘z bilim va qobiliyati orqali munosib daromad topish imkoniyatidir.

IT va logistika kabi sohalarga e’tibor kuchaytirilayotgani yoshlarning mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni egallashiga xizmat qiladi.

Bu borada bizning vazifamiz ham aniq — yoshlarning ehtiyoj va qiziqishlarini o‘rganish, mavjud imkoniyatlar haqida ularni xabardor qilish va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish. Ayniqsa, Kengashning “Yoshlar maslahat guruhi” bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish muhim.
🎯 Zamonaviy bilim va kasbga ega yosh — o‘z kelajagini o‘zi yaratishga qodir yoshdir.”

Slide 1 of 1