Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — muhim vazifa

📅 2026-yil 11-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmoni qabul qilindi.

📄 Mazkur Farmonda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni jadal rivojlantirish hamda ajratilgan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

👥 Farmonning 18-bandida mahalliy Kengashlarga belgilangan vazifalar ijrosi hamda ajratilgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilgan.

🔎 Shundan kelib chiqqan holda, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarga doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish deputatlik nazoratining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

📈 Maqsad — aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va oilalar farovonligini yuksaltirish!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4