Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalliy Kengash deputatlarining saylovchilar bilan samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, aholining murojaat va takliflarini o‘rganish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etishda xalq vakillarining rolini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, seminar davomida deputatlarning o‘z saylov okruglarida xonadonbay uchrashuvlarni tizimli tashkil etish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida mahalliy Kengash deputatlarining joylarda aholi bilan ishlash samaradorligini yanada yuksaltirish va fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5