Новости

Последние новости

янв.21
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida
янв.21
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
24-maktabdagi shart-sharoitlar o‘rganildi

24-maktabdagi shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 17-Ayritom saylov okrugi deputati M. Shernayev tomonidan hududdagi 24-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida maktabdagi sport zallarining mavjudligi, jihozlanganlik darajasi va sport anjomlarining holati, shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham o‘rganilib, maktab binosining isitish tizimi, mavjud isitish vositalari, elektr va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligiga e’tibor qaratildi.

Yangi O‘zbekiston qiyofasi — yosh avlod uchun yaratilayotgan zamonaviy ta’lim va sport sharoitlarida namoyon bo‘ladi. Maktablarda o‘quvchilarning puxta bilim olishi, jismoniy va ma’naviy kamol topishi, xavfsiz hamda qulay muhitda ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biridir.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, maktabni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, sport inshootlaridan samarali foydalanish va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 4