Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 13-"Muqimiy" saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev, tuman Kengashi deputati Sh.Xoldarovlar tomonidan "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘inini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida “Bag‘dod mebel fabrikasi” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Korxona rahbari A.Dehqonov tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔹 Korxonada yog‘och va temirga ishlov berish, shuningdek, ushbu xomashyolardan turli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib borilayotgani qayd etildi.

🔹Korxona faoliyatining kengaytirilishi natijasida 23 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani alohida ta’kidlandi. Bu esa mahalla aholisini, ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔹Korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🔹Deputatlar tomonidan hududda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 4