Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “8-Qaroqchitol” saylov okrugi deputati O.Gaziyev hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevlar tomonidan "Qorovultepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida "Qizg‘aldoq" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Sadiqov tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi.

Murojaatda "Qizg‘aldoq" ko‘chasida qazilgan ichimlik suvi qudug‘iga o‘rnatilgan suv minorasining texnik holati qoniqarsiz bo‘lgani sababli, bugungi kunda mazkur hududdagi aholi ichimlik suvidan to‘liq foydalana olmayotgani qayd etildi.

Shuningdek, fuqarolar mavjud suv minorasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yoki mavjud inshootdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda yangi suv minorasi o‘rnatish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 5