Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
📌 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

📌 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova, deputatlar O. Artiqova va D. Sattarovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi yuzasidan tuman markazida faoliyat yuritayotgan yangi ish boshlagan tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida oilaviy tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish jarayoni, mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanish, faoliyatni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1