35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida

Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida

🔹Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati A. Umarov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan mikroloyihalarning joylardagi ijrosi o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mikroloyihalarning amaliy natijalari, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalla aholisining daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
🔹Mas’ullar bilan suhbatlar davomida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🔹Deputatlar tomonidan mikroloyihalarning ijrosini doimiy nazorat qilib borish, aholining bandligi va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3