35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

🔰Aholi bandligi – deputat nazoratida

🔰Aholi bandligi – deputat nazoratida

⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Po‘loti mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
⚡️O‘rganish davomida mahallada aholini ish bilan ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
⚡️Shuningdek, aholi, ayniqsa, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar bilan ishlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlariga yo‘naltirish, bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha mahalla darajasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚡️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va qonun talablarining ijrosini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
👉Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning daromad manbalarini kengaytirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5