35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida “Parkent ATS” MChJda bo‘lib, jamoat transporti xizmatlarining sifati, yo‘lovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tirbandliklarning oldini olish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat joyiga tashrif buyurib, “Parkent ATS” MChJ rahbari Boybo‘sinov Asqar Risqiboyevich bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida tumandagi jamoat transporti qatnovlari, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, avtobuslarning harakat jadvali, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amaldagi tarif tizimining qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
 “Parkent ATS” MChJ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda jamiyat tomonidan tuman hududida aholi uchun 3 ta yo‘nalishda muntazam transport xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
 “Parkent AShB – Mashinasozlar AShB” yo‘nalishida 9 ta harakat jadvali,
 “Samsarak qishlog‘i – Tuman markaziy shifoxonasi” yo‘nalishida 4 ta harakat jadvali,
 “Xisarak qishlog‘i – Tuman markaziy shifoxonasi” yo‘nalishida esa 4 ta harakat jadvali asosida avtobuslar qatnovi amalga oshirilmoqda.
Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarning manziliga o‘z vaqtida va qulay yetib borishini ta’minlash maqsadida korxona tomonidan yangi transport vositalarini xarid qilish hamda avtobuslarning harakat oralig‘idagi intervallarni qisqartirish rejalashtirilgan.
 O‘rganish davomida avtobuslardan foydalanayotgan fuqarolar bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqotlarda yo‘lovchilarning jamoat transporti xizmatlari sifati, qatnovlar muntazamligi, yo‘l haqi tariflari, avtobuslarning harakatlanish oralig‘i va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaat va takliflarni o‘rganish, ularni umumlashtirish hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligi qayd etildi. Ayniqsa, aholining transportga bo‘lgan kundalik ehtiyojini hisobga olgan holda qatnovlarni yanada takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.
 Shuningdek, tirbandliklarning oldini olish va transport oqimini tartibli tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, qatnovlar muntazamligini ta’minlash va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hududdagi transport xizmatlari samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Kelgusida yangi avtobuslarning xarid qilinishi va harakat oralig‘i intervallarining qisqartirilishi natijasida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish hamda mavjud talabni samarali qoplash ko‘zda tutilmoqda.
 O‘rganish yakunida jamoat transporti xizmatlarini yanada takomillashtirish, yo‘nalishlarda qatnovlar muntazamligini ta’minlash, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Aholidan kelib tushgan murojaat va takliflar belgilangan tartibda umumlashtirilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinadi.
 Qulay, muntazam va sifatli jamoat transporti — aholining kundalik hayotidagi muhim ehtiyojlardan biridir. Hududlarda transport xizmatlarini yanada rivojlantirish va yo‘lovchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6