Tuman hokimi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ishtirok etgan fuqaroning murojaati bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari “Qurilish” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔰Mazkur ishchi guruh a’zolari — tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Usmonova, tuman Nuroniylar Kengashi raisi O. Jo‘rayev, tuman Kengashi deputatlari — kotibiyat mudiri G. Tursunova hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Xoliqovlar mahalla yettiligi bilan birgalikda fuqaroning murojaatini tingladilar.
🔰O‘rganish davomida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masala atroflicha muhokama qilinib, murojaatda bayon etilgan holatlar atroflicha o‘rganildi.
🔰Shuningdek, mavjud muammoni bartaraf etish hamda masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Yakunda o‘zaro tushunmovchiliklarga barham berilib, muammo ijobiy hal etildi.