35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI — JAMIYAT TARAQQIYOTI OMILI

📚 2026-yil 15-sentabr kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Xotin-qizlar faolligi — jamiyat taraqqiyoti omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Donoxon Artikovna Mahmudova, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, kitobxonlar, mahalla faol ayollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Chilonzor tumani Kengashi deputati D. Mahmudova ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda xotin-qizlarning faol ishtiroki tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
Deputat o‘z nutqida xotin-qizlarning:
🔹 ta’lim olishi va bilimini oshirishi;
🔹 zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi;
🔹 tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi;
🔹 jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi;
🔹 huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, D. Mahmudova Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salohiyatini ro‘yobga chiqarish va munosib hayot kechirishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
🎥 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilib, unda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning tinch va farovon hayoti hamda yurtimizning taraqqiyot yo‘lidagi yutuqlari aks ettirildi.
📖 Shuningdek, AKM mutaxassislari tomonidan Vatanimizni madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi. Bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh va samimiy kayfiyat bag‘ishladi.
🤝 Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan davra suhbati davomida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning faolligini yanada oshirish hamda yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🇺🇿 Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida faol, bilimli va tashabbuskor xotin-qizlarning o‘rni beqiyos!

Slide 1 of 4