Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Kotib

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil sentabr oyidagi topshirig‘iga muvofiq, respublikaning barcha tuman va shaharlarida hokimlar rahbarligida kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shtablar tashkil etildi. Shtablar tarkibiga bank muassasalari hamda bandlik va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga mas’ul tashkilotlar vakillari jalb qilingan.

Mazkur shtablarning asosiy vazifasi - oilalarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni daromadli mehnatga jalb etish, kredit va subsidiyalar ajratish, ish bilan ta’minlash hamda zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Shavkat Abdukamilov, “Ulug‘bek” mahallasida tashkil etilgan shtab a’zolari, “mahalla yettiligi” ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 30 nafardan ortiq mahalla fuqarosining murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish, kredit hamda subsidiya olish, ijtimoiy ko‘mak, uy-joy va boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha o‘rganildi.

Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalarga joyida yechim topildi, fuqarolarga zarur huquqiy va amaliy maslahatlar berildi hamda qo‘shimcha ko‘mak talab qiladigan murojaatlar ijroga qabul qilindi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini manzilli hal etish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4