Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
YOSHLAR SPORTI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport maydonchasida tashkil etilgan sport to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish, sport mashg‘ulotlarining muntazamligi va to‘garak faoliyatining samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sport maydonchasining holati, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlarida ishtiroki hamda murabbiy tomonidan mashg‘ulotlarning tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarni muntazam ravishda mashg‘ulotlarga jalb etish, sport maydonchasidan samarali foydalanish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligi va berilgan tavsiyalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3