Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA BOLALAR XAVFSIZLIGI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasa hududidagi obodonlashtirish ishlari, hovli va ichki yo‘laklarning holati, bino atrofining tartibga keltirilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun mavsum davomida qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasaning qozonxonasi va isitish tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi. Qozonxona jihozlarining texnik holati, isitish tizimining sozligi, radiator va quvurlarning holati hamda sovuq kunlarda bino ichida yetarli haroratni ta’minlash imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Muassasaning yoqilg‘i, jumladan ko‘mir bilan ta’minlanganlik holati ham alohida ko‘rib chiqildi. Qozonxonaning mavsum davomida uzluksiz ishlashi uchun zarur yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi, uni saqlash sharoitlari va ehtiyojning o‘z vaqtida qoplanishi masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, bolalar maydonchasi holati ham o‘rganilib, o‘yin jihozlarining sozligi va mustahkamligi, maydoncha hududining tozaligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz foydalanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Kuz-qish mavsumida bolalar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni oldindan aniqlash, hududni tartibga keltirish, sirpanchiq yo‘laklarning oldini olish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida muassasa rahbariyati va mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2