Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

🗣Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining raisi, 18-“Navro'z” saylov okrugidan saylangan deputat E.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Navro'z mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazildi.

💬Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 1