Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan deputatlik nazoratini o‘rnatish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik faoliyati va monitoring ishlari davomida aholini bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.B.Sirojiddinov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-265-I-sonli Qonuniga asosan Qo‘qon shahri aholisini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash hamda hozirgi kunda bepul dori-darmonga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qanday amaliy chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2