Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
DEPUTATLAR FAOLIYATI — ANIQ NATIJALARDA!

Bo‘zatov tumanida Xalq deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar joyida o‘rganilmoqda. Ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Shunday amaliy natijalardan biri “Berdaq guzarı” mahallasida ko‘zga tashlanmoqda.
A.Ibragimov tomonidan aholidan tushgan murojaat asosida hududdagi elektr taminoti masalasi ko‘tarilib, uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
Masala ijobiy hal qilinib, mahalladagi 50 ta xonadonning elektr taminotini yaxshilash maqsadida transformator o‘rnatildi.
Shu bilan birga, aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida piyodalar yo‘lagi ham qurib berildi.
Eng muhimi, deputat tomonidan ko‘tarilgan masala qoǵozda qolib ketmasdan, aholi hayotida aniq amaliy natija bilan namoyon bo‘lmoqda.
Bu kabi ishlar xalq bilan muloqotni kuchaytirish, aholi murojaatlariga etibor qaratish va ularning echimini taminlashda deputatlik faoliyatining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.