35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Mustaqillik MFYda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📋 Hozirgi vaqtda mahallada yoshlar o‘rtasida qayta xatlov ishlari olib borilmoqda. Xatlov natijalariga ko‘ra, 31 nafar ishsiz yosh ro‘yxati shakllantirilib, ular bilan individual ishlash, bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

🏃‍♂️ Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida mahallada doimiy ravishda sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

🏆 Jumladan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari hamda kasb-hunar va san’at yo‘nalishlarida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🌙 Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, tungi vaqtlarda nazoratsiz yurish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tungi reyd tadbirlari ham muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

✅ O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ishsiz yoshlarni band qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3