Новости

Последние новости

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Aholining kundalik ehtiyojida muhim o‘rin tutadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishining oldini olish, bozordagi narx-navoni o‘rganish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A.Axmadqulov tomonidan tuman hududidagi dehqon bozori va oziq-ovqat savdo shoxobchalarida monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish davomida un, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, go‘sht, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining amaldagi chakana narxlari, mahsulotlarning mavjudligi hamda narxlarning asossiz ravishda oshirilmaganligi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, savdo nuqtalarida mahsulotlarning narx yorliqlari mavjudligi, iste’molchilarga narxlar haqida ochiq va to‘liq ma’lumot berilishi hamda savdo jarayonining belgilangan tartibda tashkil etilgani o‘rganildi.

Monitoring davomida jami 9 ta mahsulot turi bo‘yicha narxlar tahlil qilindi.
Jumladan,
🥡 1 kg un — 6 000 ming so‘m,
🤩 1 kg guruch — 20 000 ming so‘m,
🥈 1 litr o‘simlik yog‘i — 25 000 ming so‘m,
🍚 1 kg shakar — 14 000 ming so‘m,
🥚 10 dona tuxum — 15 000 so‘m,
🥔1 kg kartoshka — 6 000 ming so‘m,
🧅 1 kg piyoz — 4 000 ming so‘m,
🥕 1 kg sabzi — 8 000 ming so‘m,
🥩 1 kg go‘sht — 150 000 ming so‘m atrofida ekanligi qayd etildi.

Bunday monitoringlar orqali bozordagi narxlar holati muntazam o‘rganib borilib, aholining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish va iste’mol bozorida barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati kuchaytiriladi.

Slide 1 of 2