35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

151-maktabda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati U.Muhammadiyev 151-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholi bilan uchrashib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi.

📝 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati, bolalar uchun sport va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish imkoniyatlari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylarning umumiy hududlarini saqlash, uy-joy masalalari hamda ijtimoiy yordamga oid qator masalalar ko‘tarildi.

🔎 Deputat tomonidan murojaatlar yuzasidan zarur o‘rganishlar olib borilib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

✅ O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.

Slide 1 of 1