Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 41-sessiyasi o'tkazildi
Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.
🗓 Sessiya kun tartibida 7 ta masala ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.
1️⃣ Oqqo‘rg‘on tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosining 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari to‘g‘risida;
2️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasining, tumanda davlat organlari va tashkilotlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
3️⃣ Oqqo‘rg‘on tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida;
4️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani 2026-yilning 2-mavsumi doirasida o‘tkazilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonlari yakunlarini ko‘rib chiqish va g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida;
5️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida;
6️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
7️⃣ Oqqo‘rg‘on tumanida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Gender tenglik va munosib mehnat sharoitlariga erishishda mahallaning o‘rni to‘g‘risida;
Sessiya kotibi etib 20-“Eltamg‘ali” saylov okrugidan saylangan deputati Chintashev Xamza Alaydarovich saylandi.
✍️ Qabul qilingan qarorlar "E-Kengash.gov.uz" saytida e'lon qilindi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==