35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🏛 Maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati olib borildi


🏫 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Oltinvoha” mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda muassasaning sanitariya-obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.

👶 Shuningdek, bolalarning xavfsizligi, ovqatlanish sifati, mavjud jihozlarning holati hamda tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Sifatli ta’lim va munosib sharoit — farzandlarimiz kelajagining muhim poydevoridir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4