📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Nodir Abdurahmonov tomonidan Xosiyatli mahallasida aholi tomonidan ko‘tarilgan bolalar maydonchasi bilan bog‘liq masala joyiga chiqib o‘rganildi.
❗️ Deputat hududda istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi va fuqarolarning fikr-mulohazalarini tingladi.
✅ O‘rganish yakunlari asosida bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, maydonchani tartibga keltirish hamda masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.