35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Aholi murojaati asosida o‘rganish olib borildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov tomonidan Parvoz mahallasida aholi tomonidan bildirilgan e’tiroz va murojaatlar asosida hududdagi holat o‘rganildi.

❗️ O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar atrofi, jumladan, yo‘l bo‘ylarida savdo faoliyati uchun ajratilmagan hududlarda tartibsiz savdo-sotiq amalga oshirilayotgan holatlar aniqlandi.

❗️Mazkur holatning hududdagi sanitariya va obodonlik holatiga, shuningdek, piyodalar harakatiga ta’siri o‘rganilib, savdoni belgilangan tartib va talablarga muvofiq tashkil etish masalasiga e’tibor qaratildi.

✅Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish va hududda tartibni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1