📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Nasiba Abduroziqova tomonidan Shirinobod mahallasi hududida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
❗️ Deputat mahalla ko‘chalarida yurib, xonadonlarga kirgan holda fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi.
✅ Suhbatlar davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va ularni qiynayotgan masalalari tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar qayd etilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
✅ Deputat tomonidan aholi bilan bunday bevosita muloqotlarni muntazam davom ettirish, fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.