Mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari nazoratda
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Oxshih mahallasida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 26-iyundagi VII-28-56-2-35-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
🔹Mazkur qaror bilan Jondor tumanida 2026-yilda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
🔹O‘rganish davomida Oxshih mahallasida qarorda nazarda tutilgan vazifalarning amaliy ijrosi, amalga oshirilayotgan loyihalarning holati hamda ularning tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
👉Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, aholi va tadbirkorlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.