35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDA: MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Oltinvoha” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi Sh. Abdurahmonov va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada mavjud masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan:
🔹 aholi bandligini ta’minlash;
🔹 tomorqa yerlaridan unumli va samarali foydalanish;
🔹 mahallani obodonlashtirish;
🔹 xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va hal etish;
🔹 kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari bilan vazifalar taqsimlanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5