35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati hamda "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va Hokim yordamchilarining hisobdorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" MFYda bo‘lib, Hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-sonli Qonuni hamda Hokim yordamchilarining 14 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha vazifalari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida xonadonbay o‘rganishlar natijalari, aholi bandligini ta’minlash, imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilliligi, mikroloyihalarni ishga tushirish hamda kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida to‘plangan materiallar va xulosalar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 1