35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

«Deputatlar bog‘i» — obodlik va ezgulik maskani

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.SHerov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Qazoqon mahallasida tashkil etilgan «Deputatlar bog‘i» holidan xabar olindi.
✔️Tashrif davomida bog‘ hududining obodonlashtirish holati, yaratilgan yashil maydonlar va daraxtlarni parvarishlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va ko‘chatlarni muntazam parvarishlash hamda «Deputatlar bog‘i»ni aholi uchun yanada fayzli maskanga aylantirish yuzasidan fikr almashildi.
✔️Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va obod hududlarni ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3