Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tuman markaziy dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish holati, bozordagi narx-navo barqarorligi hamda iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida markaziy dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔻O‘rganish davomida bozorda aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va ularning amaldagi chakana narxlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, un, guruch, shakar, o‘simlik yog‘i, go‘sht, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, boshqa sabzavot va poliz mahsulotlari kabi asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari o‘rganilib, sotuvchilar hamda xaridorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

🔻Muloqotlar davomida mahsulotlarning narxiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, bozordagi talab va taklif, mahsulotlarning mavjudligi hamda aholi xarid qobiliyati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, savdo nuqtalarida mahsulotlarning belgilangan tartibda va iste’molchilar uchun qulay sharoitlarda sotilishi, savdo jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ham ko‘zdan kechirildi.

🔻O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulotlar sifatini nazorat qilish va iste’molchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2