Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

“Saroy” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 3-Saroy saylov okrugidan saylangan deputat O.Allaberdiyevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Saroy" MFYda bo‘lib, , Yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada 14 ta ko‘cha, 5678 nafar aholi, 1112 ta xonadon va 1225 ta oila mavjudligi,14–30 yoshdagi yoshlar soni 1446 nafarni tashkil etishi aniqlandi. Yoshlarning 1106 nafari yashil, 360 nafari sariq va 3 nafari qizil toifaga kiritilgan.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, kambag‘al oilalarda yashayotgan yoshlarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Mahallada 64 ta kambag‘al oila mavjud bo‘lib, ulardagi 14–30 yoshli farzandlar soni 78 nafarni tashkil etadi. Ushbu yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, qiziqishlaridan kelib chiqib, ingliz tili, elektron tijorat, veb-dizayn va SMM kabi onlayn kasb-hunar kurslariga jalb etilgan.

Shuningdek, mahallada 22 nafar ishsiz va 32 nafar norasmiy band yoshlar aniqlangan. Yilning olti oyi davomida 18 nafar yoshning doimiy ishga joylashishi ta’minlangan.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”ga 1300 nafar yosh elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shundan 854 nafari sport, 624 nafari madaniyat va san’at, 574 nafari kitobxonlik, 526 nafari kibersport hamda 422 nafari intellektual o‘yinlar yo‘nalishlarida ishtirok etmoqda.

O‘rganish natijalari mahallada yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ishsiz va norasmiy band yoshlar bilan manzilli ishlarni yanada kuchaytirish, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Slide 1 of 2